60 mahalla kompleks rivojlanadi

Date:

Aholining uzoq yillik orzusi bugun ushalayotir. Qaysi ma’nodaki, fuqarolarning turmushi farovon, ular yashayotgan hudud infratuzilmasi har tomonlama rivojlanib, muammo va masalalari hal etilishi, ijtimoiy soha obyektlarining yangidan qurilishi, ishlab chiqarish va IT markazlarining bunyod etilib, yangidan yangi ish o‘rinlari yaratilishida ham bevosita bugun odamlarning fikri va takliflari inobatga olinib va ularning tashabbusi bilan hudud obod va zamonaviy maskanga aylanmoqda. Islohotlar jarayonida aholi vakillarining o‘rni va ovozi ko‘p narsani hal qila boshlaganini birgina “Tashabbusli byudjet” orqali ham ko‘plab loyihalar aynan fuqarolarning tanlovi va qo‘llovi bilan hayotga tatbiq etilayotganida ko‘rishimiz mumkin.
Aholi vakillarining taklifi va tanlovi orqali maqbul deb tobilib, uni moliyalashtirish va rivojlantirishni talab etadigan yana bir yirik loyiha ham borki, u ham bo‘lsa, “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasidir.
Joriy yilning 28-mart kuni mamlakatimizning chekka hududlarida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish to‘gʻrisida Prezident qarori imzolandi.
Loyihaning ikkinchi bosqichida Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 2024-2028-yillarda amalga oshiriladi va uning miqdori 6 million dollarni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish natijasida 622 mingdan ziyod qishloq aholisining turmush sharoiti yaxshilanadi.
Ayni paytda mahalliy aholining faol ishtirokida 2024-2025 yillarda quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan 900 ta kichik loyiha tanlab olindi.


Eslatib o‘tamiz, loyihaning 2022-yildan to hozirgi kungacha amal qilayotgan birinchi bosqichi ham xuddi shunday vazifalarni qamrab olgan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining 20 ta maqsadli tumanlarida 170 ta mahalla fuqarolar yigʻinidagi obyektlarni qurish va ta’mirlash ishlari, qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, aholi salohiyatini oshirish, iqlim o‘zgarishi muammolari, raqamlashtirish, pilot loyihalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi birgalikda Islom taraqqiyot banki (ITB) ning moliyaviy ko‘magida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyihada Surxondaryo viloyatining quyidagi 5 ta tumanidagi 60 ta mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va kapital taʼmirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash, yashil ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy mutaxassislar va aholi salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha asosida rivojlantiriladigan hududlar, eng avvalo, aholi soni, ijtimoiy infratuzilma qoloqligi, asosiy yo‘llar o‘tuvchida joylashganligi, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga tushmaganligi, aholining ish bilan ta’minlanish darajasi pastligi kabi jihatlar e’tiborga olinib, mahallalar tanlab olinganligini alohida ta’kidlash joiz.
Tanlab olingan hududlarda ushbu loyiha asosida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun 14 ta mahalla markaz va 46 tasi yondosh mahalla sifatida belgilanganki, markaz mahalallarda tuman markaziga kelib ketish va kasb o‘rganish biroz mushkul bo‘lgan hududlar biriktirilib, aholi vakillari uchun o‘quv markazlar va shunga o‘xshash muhim ijtimoiy ahamiyati yuqori obyektlar qurilishi mo‘ljallangan.
Quvonarlisi, qaysi mahallaga maktab qurish, bog‘cha ochish, ko‘prik va yo‘l, suv, elektr enrgiyasi kabi muhim masalaladagi loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha doirasida tuzilgan jamoatchilik va tashabbuskor guruh orqali xonadonma xonadon yurib, aholi bilan uchrashib ularning tanlovi va taklifi asosida ko‘tarilgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.

Ushbu loyiha uchta komponentdan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi sinergiya tufayli amalga oshiriladi. Mahallani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishda (1-komponent) aholi iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi uchun ustuvor yo‘nalishlarni, shuningdek, o‘z jamoalari uchun qishloq xo‘jaligi/biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga hissa qo‘shishga taklif qilinadi.
Daromad imkoniyatlarini aniqlashda (2-komponent) aholidan qishloq xo‘jaligi/biznesni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilma investitsiyalarini qanday optimallashtirish mumkinligini aniqlashtiriladi. Asosan ishtirok etish mexanizmlarini institutsionallashtirish va loyiha faoliyati orqali yaratilgan infratuzilma barqarorligini rag‘batlantirishga qaratilgan 3-komponent mahalliy sharoitlarga, infratuzilma investitsiyalariga va daromad olishning ustuvor yo‘nalishlariga moslashtiriladi. Va eng muhimi, iqlimga sezgir yechimlar loyihaning barcha komponentlarida ilgari suriladi.
BMT Taraqqiyot dasturining loyiha rahbari Bahtiyor Sayfitdinov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihani amalga oshirish guruhi monitoring bo‘yicha mutaxassisi Jahongir Axmedov hamda viloyat hokimligi mutasaddilari, shuningdek, Boysun, Muzrabot, Termiz, Sherobod, Angor tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, mahallalar yettiligi ishtirok etgan mazkur tadbirda loyihani ishlab chiqish, amalga oshirish va uni moliyalashtirish borasida muhim ma’lumotlar berilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Milliy taomlar sayli o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida Denov tumanidagi...

Qiziriqlik yosh gimnastikachilar g‘olib

Gimnastikaga ilk qadam tashlagan qizaloqlar, eng avvalo, gimnastik harakatlarni...

Endi o‘zimizda

So‘nggi rusumdagi texnika, texnologiyalarimiz bo‘lsa, o‘zimizda ham yuqori texnologik...

Denovda kitob savdo-yarmarkasi tashkil etildi…

Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba...
KunTun
KunTun