Kreditni vaqtida qaytaring

Date:

Kredit olish yaxshi-yu, uni qaytarishga kelganda qandaydir muammolarni ro‘kach qilib, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni paysalga solish holatlari ham uchraydi. Xolbuki, ana shu mablag‘lar jamlanib, xuddi siz-u biz kabi boshqa tadbirkorlarning ham loyihasi moliyalashtirilishini unutmasak edi… Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, kreditlarni qaytarishda muammolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida mavjud muammolar hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini o‘rganish maqsadida muhokama o‘tkazildi.


Viloyat rahbari muammoli krediti mavjud tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazib, tijorat banklari va boshqa mutasaddilarning axborotlarini tingladi. Hududlar rahbarlari, mutasaddilar va tijorat banklariga tadbirkorlar bilan ishlab, ularning muammolarini hal etish, faoliyatini sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish topshirildi hamda tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalangan holda kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Qaytarilgan kredit mablag‘lari yana yangi loyihalarni moliyalashtirishga, ish o‘rinlari yaratishga, pirovardida aholimizning bandligini ta’minlab, turmush farovonligini yaxshilashga yo‘naltirilishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun