Firibgarlar javobgarlikka tortildi

Date:

Halol mehnat qilib, non topishga, ro‘zg‘or tebratishga, farzandlarimizni halol luqma berishga harakat qilamiz. Ammo jamiyat hayotimizga hamma ham mana shunday fikrlamas ekan. Yengilning ostidan, og‘irning ustidan o‘tishni kasb qilib, xaromdan hazar qilmas ekan. Oson va aldov, firib bilan topganlari tanasiga yuq bo‘lar, ammo oxiri voy bo‘lishini o‘ylamas ekan. Sardor Botirov va ikki ayol sherigi Nargiza Hamdamova va Asal Ortiqova (ism shariflari o‘zgartirilgan)lar ham o‘zaro til biriktirib, noqonuniy yo‘llar bilan moddiy boylik orttirishni o‘zlariga kasb qilishdi.
Qarmoqlariga ilinganni aldab, pul-yu mulkiga ko‘z olaytirishdi. Ana shunday jabrdiydalardan biri Muqaddam Malikova bo‘ldi. Tilla taqinchoqlari olib sotib yurgan Muqaddam tillalariga bozor narxidan qimmatroq narxda olguvchi xaridor topganidan quvonib, naq 1 milliard 310 million so‘mga teng tilla buyumlarini xaridor bo‘lmish Sardor Botirov boshchiligidagi to‘daga qo‘sh-qo‘llab topshirdi.
Muqaddam hech o‘ylamadiki, tekin sariyog‘ faqat va faqat qopqonda bo‘lishini. Oradan qancha vaqt o‘tsa hamki, na tilladan va na uning pulidan darak bo‘ldi. Bu orada ana shunday odamlarni chuv tushirib yurgan firibgarlar jinoiy javobgarlikka ham tortildi. Hech kimning haqi birovga qolib ketmasligi, uni qaytarish lozimligi qonun yo‘li bilan tushuntirib qo‘yildi. Albatta, firibgarlarga, jinoiy guruhga jazo ham tayinlandi. Qonun oldida javob beradigan bo‘ldi. Bunday qilmishlari orqali shunchaki o‘zlarining nomlarigagina emas, farzandlari taqdiriga ham qora dog‘ bo‘lishdi…

A.Mamataliyev,
Bosh prokuratura boshqarma prokurori,
A.Ashurov,
viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun