“Birdamlik”dagi kutubxona yangi ko‘rinishda

Date:

Kitob qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning gashti tamoman oʻzgachadir.
Mamlakatimizda yoshlar va kattalar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga bo‘lgan intilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tashabbusi bilan “Birdamlik” mahallasidagi kutubxona qayta jihozlanib, qo‘shimcha adabiyotlar bilan ta’minlangan holda yangicha ko‘rinishda ish boshladi.
Ushbu kutubxonada mahallaning katta-yu kichik aholisi bo‘sh vaqtlarida kelib hamda uyiga olib borib kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Mazkur kutubxonada Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 1000 dan ortiq kitoblar joy olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun