Markaz katta qulayliklarga ega bo‘ladi

Date:

Surxondaryoda “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi tashkil etish maqsadida qisqa muddatda yer ajratilib, qurilish ishlari amalga oshirilib, ulkan savdo markazi bunyod etilganidan xabaringiz bor. Ushbu markzadan ko‘pchilik tadbirkor va voha ahli o‘z savdo nuqtasiga ham ega bo‘ldi. Ayni “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida faoliyat yurituvchi subektlarda Afg‘oniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga ruxsat beriladi. Qolaversa, markaz hududida ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSH dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalari ham qabul qilinishi tadbirkor va ishbilarmon doira vakillariga katta qulaylik yaratadi.
Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga ham ruxsat etiladi. Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun