Jamoatchilik nazoratining joylardagi jonbozligi muhim!

Date:

Bugun xalq manfaatini himoya qilish, turmush farovonligini yuksaltirish, shuningdek, hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy saloyihatini oshirish, aholini qiynayotgan muammo va masalalarni hal etishda, loyihalarning hayotga tatbiq etilishi yoinki amalga oshirilayotgan ishlarning bajarilish holati-yu unga to‘sqinlik qilayotgan masalalarning yechimi topilishida jamoatchilik nazoratining o‘rni mustahkamlandi. Xalq fikri, aholi tashabbusi, fuqarolar hamjihatligi, qolaversa, jamoatchilik guruhlari tashkil etilib, dasturlar ijrosining joylarda ta’minlanishida, deputatlik korpus vakillarining aralashuvi ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Viloyatimizda ham amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi yuzasidan “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘limi tomonidan muntazam ravishda monitoringlar olib borilib, ijro etilish holati o‘rganilib, sessiyalarga axborotlar kiritib borilmoqda.


Viloyat hokimligida “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining targ’ibotiga bag’ishlangan tadbirda ham ayni jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan turli mutasaddi tashkilotlar mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda Davlat dasturini joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilishi belgilab olingan loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berilib, joylarda Strategiya hamda Davlat dasturining targ’ibotini yanada kuchaytirishga ham ahamiyat qaratilishi ta’kidlandi. Sababki, ushbu Dasturda belgilangan loyihalar, eng avvalo, aholi vakillarining fikri va takliflari, deputatlarning tashabbusi bilan ilgari surilib, hayotga tatbiq etilishi uchun ushbu Dasturga kiritilgan.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Saydulla Abdurayimov hamda senator Orziqul Soatovlar tomonidan jamoatchilik nazoratining o‘rni, Davlat dasturida belgilab olingan ustuvor vazifalar xususida batafsil ma’lumotlar berilib, yig’ilganlar kelgusida viloyatimizda amalga oshiriladigan loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.


Jumladan, joriy yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, viloyatimizda 6 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 231 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish, viloyatda yangi ish o‘rinlari yaratish orqali 377,7 ming aholining bandligini ta’minlash kabi muhim masalalarga alohida ahamiyat qaratilgan. Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining olis va chekka hududlarda joylashgan 100 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish ham Davlat dasturida belgilangan.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish, viloyatda yangi ish o‘rinlari yaratish orqali 377,7 ming aholining bandligini ta’minlash, viloyatda ish bilan band bo‘lmagan 14,3 ming nafar, jumladan 10,1 ming nafar xotin-qizlar va 7,1 ming nafar ishsiz yoshlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tabirkorlikka o‘qitish 1 930 nafar yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, viloyatda 11 ta yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishlab chiqarish orqali 1505 ta yangi ish o‘rinlari yaratish, 20 ta mikro va kichik GESlarni, ya’ni umumiy quvvati 2,2 MVt bo‘lgan mikro va kichik GESlarni ishga tushirish, “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 45 taga va uy-joy qurilishi hajmini 80 mingtaga yetkazish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

Viloyatdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 5 taga va uy-joy qurilishi hajmini 3,75 mingtaga yetkazish 93 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish Surxondaryo viloyatida 5 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish Kamida 10 ming nafar davlat fuqarolik xizmatchisining malakasini oshirish 2024-yil 1-apreldan boshlab “Tashabbusli byudjet” doirasidagi loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibini joriy etish
Davlat dasturida belgilangan vazfalar ijroisga to‘xtaladigan bo‘lsak, viloyatimizda “Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etildi. Yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan yuboriladigan qaror va xabarnomalar ustidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Joriy yilning 1-aprelidan boshlab “Tashabbusli byudjet” doirasidagi loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etilganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.
Yana bir narsani aytish joizki, Davlat dasturi bo‘ladimi yoki hudud rivoji va aholi farovonligi yo‘lida amalga oshiriladigan loyihalarmi, bularning barchasining sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi, hayotga tatbiq etilishida, eng avvalo, deputatlar, jamoatchilik nazorati guruhi a’zolari, qolaversa, har bir tashkilot faollari va fuqarolar faol tashabbuskor bo‘lishi muhim.

Gulmira Amirova,
“Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘limi rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun