«DOLZARB O‘N BESH KUNLIK»DA…

Date:

Bog‘imizdagi mevali daraxtlardan meva uzmoqchi bo‘lsam, daraxt mevasi-yu barglariga tushgan shira kishi ta’bini xira qilmay qolmaydi. Ehtiyotkorlik bilan harakat qilsangizda, shira ustingizga yog‘iladi. Xo‘sh bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerak? Axir shira hosilning o‘sib unuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi-ku. Bu holat hovli-tomorqasida bir nechta daraxti bor xonadonlarda bilinmasligi mumkin. Ammo, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadigan, ayni soha orqali daromad ko‘radigan bog‘bon va tadbirkorlar uchun kattagina zarar keltirishi aniq. Shu maqsadda joriy yilning 12-may sanasidan 31-mayiga qadar “Gilos pashshasi”, “Sharq mevaxo‘ri”, “Olma mevaxo‘riga”ga qarshi “Dolzarb 15 kunlik” tadbirlari e’lon qilindi.
“Dolzarb o‘n besh kunlik” tadbiri doirasida zararkunandalar va kasalliklarga qarshi ommaviy kurashni tashkillashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar boshlab yuborildi. Viloyatdagi mavjud gilos bog‘lari va sabzavot maydonlarida fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, zararkunandaning bir hududdan ikkinchi hududga tarqalishining oldini olish, ularga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish hamda nazorat qilish, shuningdek, keng jamoatchilik orasida targ‘ibot-tashviqot olib borish maqsadida o‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan gilos va olcha bog‘lariga gilos pashshasini oldindan aniqlash maqsadida feromon tutqichlar o‘rnatilmoqda.
Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad, respublika hududlarida yetishtirilayotgan urug‘ hamda danak mevali bog‘larga jiddiy zarar yetkazib, eksport hajmini kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Gilos pashshasi”, “Olma mevaxo‘ri” va “Sharq mevaxo‘ri” kabi zararkunandalarga qarshi ommaviy kurashni tashkillashtirish va mazkur masalaga keng jamoatchilikni jalb qilishdir.
Mutaxassislarning fikricha gilos pashshasi – zararlangan bog‘, yon atrofidagi begona o‘tlar, daraxtlarning yoriqlariga kirib g‘umbakka aylanadi va uyquga ketadi. Gilos bog‘larida ushbu zararkunanda o‘tgan mavsumda tarqalganligi aniqlangan bo‘lsa, demak, kelgusi mavsumda ham qulay sharoit bo‘lganda zararkunandaning zarari bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham bog‘larni mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish, qator oralariga ishlov berish hamda bog‘ning ichkarisi va atroflaridagi begona o‘tlarni yo‘q qilish zarur.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun