Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Date:

Samarqandda “Samarqand – MDHning madaniy poytaxti – 2024“ davlatlararo dasturini amalga oshirish doirasida Yevroosiyo kutubxonalari Assambleyasiga a’zo kutubxonachilarining Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida yurtimizdagi qator axborot-kutubxona muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Ular orasida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi ham bor. Ushbu axborot-kutubxona markazi Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasining Indira Gandi nomidagi Markaziy ilmiy kutubxonasi hamkorlik aloqalarini o‘rnatadigan bo‘ldi. Bunday hamkorlik aloqalari tomonlar uchun manfaatli kechishi, kitob fondining boyish, tarjima asarlar sonining ortishi, ijodkorlar ijodi bilan tanishish fursatini berish bilan birga yoshlarni kitobxonlikka oshno etishi maqsad qilinayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun