Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida…

Date:

Mamlakatimizda o‘tgan qisqa davr boshqa tarmoqlar qatori gaz ta’minoti sohasi uchun tub o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Xususan, sohani yanada rivojlantirish maqsadida olib borilgan izchil islohotlar qator muammolarning oldini olish, sifat samaradorligini oshirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa, tizimga raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi inson omilini qisqartirish orqali shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani davomida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlar va blogerlar ana shu jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Tanishish dastlabki bosqichda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qisqa videorolikda tomosha qilish bilan boshlandi.


Bugungi kunda “HGT Service” dasturiy ta’minoti tomonidan gaz uskunalarining holati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni masofadan yig‘ish hamda har bir abonent bo‘yicha tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona foydalanishni nazorat qilish texnologiyasini ishlab chiqildi. Ushbu dastur gaz uskunalarini kundalik hayotda ishlatishda iste’molchilar xavfsizligini ta’minlashga, gaz ta’minoti tizimi xodimlari tomonidan gaz jihozlariga texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiy xizmatlar sifatini baholash va o‘zaro hisob-kitoblarni naqd pulsiz amalga oshirishga qaratilgan.


Iste’molchilarga qulaylik yaratish uchun ishga tushirilayotgan yangi dasturiy ta’minot abonentning shaxsiy, xonadon geolokatsiyasi va telefon raqami kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, dasturga iste’molchida maishiy gaz uskunalarining mavjudligi va ularning texnik holati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan. Dasturning yana bir xususiyati shundaki, u xizmat sifatini baholash yoki shaxsiy kabinet orqali iste’molchining shikoyatini uzatish imkoniyatiga ega.
“HGT Service” dasturi gaz yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida gaz uskunalariga profilaktik va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va ularni naqd pulsiz amalga oshirishga imkon beradi. Ko‘rsatilgan servis xizmatlar uchun to‘lov (invoys) SMS orqali onlayn rejimida taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi va buning to‘g‘risidagi xabar xizmat tugagandan so‘ng darhol iste’molchining telefoniga keladi.


— Ba’zi iste’molchilar gaz jihozlarida nosozlik kuzatilgach, gaz ta’minoti xodimlari xonadoniga tez yetib kelib, xizmat ko‘rsatmaganidan norozi bo‘lib murojaat etadi, — deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali servis xizmatini rivojlantirish bo‘limi mas’ul xodimi Sh.Tohirov. — Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasida “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” belgilab qo‘yilgan. Unda gazdan foydalanish uskunalarini iste’molchilarning yozma yoki ekektron buyurtmalari asosida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha ta’mirlash muddatlari bayon qilingan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish muddati holatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi.
Quvonarli jihati, endilikda iste’molchilar so‘nggi texnologiyalar yordamida ishlaydigan maxsus qurilmalarni xarid qilib, xavfsiz isitish tizimini ta’minlash imkoniga ega bo‘lishganligidir.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muattar 15 million soʻmlik boʻldi

“Yoshlar ishlari agentligi kubogi” uchun shaxmat musobaqasining respublika bosqichiga...

Futbol akademiyasi qayta rekonstruksiya qilinmoqda

Surxondaryo viloyatining chekka va olis qishloqlaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlash,...

Sportchimiz gʻolib…

Qozogʻistonning Temirtov shahrida sportning dzyudo boʻyicha xalqaro turnir boʻlib...

Tarbiya

Maktab roʻparasidagi uy. Ota endi tili chiqqan bolasiga soʻz...
KunTun
KunTun