Taʼlim sifatini oshirish maqsadida…

Date:

Farzandimiz maktabga bordimi, ta’lim-tarbiyasi bilan bir qatorda nima yeb-ichayotganiga ham qiziqamiz. Axir, iste’mol uchun xarid qilayotgan yeguliklari sifatli, sanitariya talablari asosida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Maktab oshxonasiga kiryaptimi yoki maktab tashqarisidagi do‘konlarga boryaptimi, bu borada nazorat qilishga urinamiz. Ota-onalarning bu borada o‘ylashlariga hojat qolmadi. Sababi barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, bepul ovqat masalasidan boshqa jihatlarga ham e’tibor qaratilgan. Ya’ni taʼlim sifatini oshirish maqsadida 2023-yil 1-sentyabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda o‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu jarayon esa allaqachon boshlab yuborilgan.
2023/2024-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritilishi ham sohadagi muhim qadam deyish mumkin.
Maktabgacha ta’lim sohasida esa 2023-yil 1-apreldan maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish maqsadida yangi davlat bog‘chalarini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki boshqa uylarni sotib olib tashkil etishga ruxsat etiladi. Qolaversa, davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan yerda xususiy bog‘chani qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga oid cheklovlar bekor qilinadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun