Bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi

Date:

Uyimiz uchun mebellarning sifatlisini va hamyonbopini tanlashga harakat qilamiz. Axir uzoq yillar davomida xizmat qilishi kerak-da. Mebellarga bo’lgan talab esa mebelsozlikka keng yo’l ochadi. Talabga mos va xos bo’lgan dizayndagi mebellarni taklif etuvchi tadbirkor belgilagan narx esa ko’plab jihatlarga tayanib belgilangan bo’ladi. Masalan, ko‘rsatilgan xizmat, mebel tayyorlangan yog’ochning, yasashda ketadigan boshqa mahsulotlarning sifati, qolaversa, yog’och va boshqa mahsulotlar xorijdan keltirilgan bo’lsa, bu tannarxga ta’sir etmay qolmaydi. Yurtimizda mebelsozlikni rivojlantirish borasida esa katta qadamlar tashlanmoqda. Bu esa tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga, qo’shimcha imkon va imtiyozlar berishga xizmat qiladi. Joriy yilning 10-fevralida “Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorining qabul qilinishi sohada amalga oshirilayotgan ana shunday qadamlardan biri bo‘ldi deyish mumkin.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qo‘yilgan meʼyor 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi.
Yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 9 barobaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha tegishli mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi. Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlarga asoslangan, suvsiz muhitda tarqalgan yoki erigan bo‘yoqlar va laklar shu jumlasidandir. Bu esa, albatta, tannarxga ham ta’sir etmay qolmaydi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun