Yangi loyihalar amalga oshiriladi

Date:

Muzrabot tumanida Rossiyaning “Leto” kompaniyasi ta’sischiligidagi “Bless S.R” MCHJ qo‘shma korxonasiga qarashli 200 gektarlik issiqxona majmuasi va agrologistika markazi faoliyati o‘rganildi.

Korxonada 20 dan ortiq eksportbop ko‘kat mahsulotlari yetishtirilib, ularni saralash, qadoqlash, saqlash va eksportga yo‘naltirish jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan. Shuningdek, korxona 150 nafar doimiy, mavsumiy davrda esa 300–500 nafargacha aholini ish bilan ta’minlab, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari orqali suvdan samarali foydalanmoqda.

Tashrif davomida eksport hajmini kengaytirish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun