Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

Date:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish va mazmunli dam olishini tashkil etish maqsadida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Mazkur sayohatda axborot-kutubxona markazining 21 nafar xodimi ishtirok etdi. Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqand shahrining ziyoratgohlari hamda diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishib, mazmunli hordiq chiqarishdi. Ushbu tashabbus xodimlarning ma’naviy hordiq olishi va jamoada hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Ilm va tajriba yo‘lida sayohatchilar tajriba almashish va kasbiy mahoratni oshirish maqsadida qadimiy va navqiron Samarqand viloyati axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida hamkasblarimiz kutubxonaning keng qamrovli faoliyati, uning rivojlanish istiqbollari, zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlarga kutubxona tomonidan foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan barcha an’anaviy va raqamli xizmat turlari, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot-resurs markazining imkoniyatlari batafsil namoyish etildi. Ish jarayonini avtomatlashtirish va raqamli kutubxona tizimini joriy etish bo‘ycha o‘zaro tajriba almashildi.

Yulduz Xolmurodova,
Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi
AKT va raqamlashtirish xizmati yetakchi kutubxonachisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun