Asfaltlash ishlari boshlandi

Date:

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz transport qatnovini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda Bandixon tumanida navbatdagi yo‘l qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda.

Tumandagi mahalliy ahamiyatga ega 75V089-sonli “Oybek qishlog‘i – Bandixon Shreder ilmiy-tadqiqot xo‘jaligi” avtomobil yo‘lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog‘ va Qaldirg‘och mahallalari hududidan o‘tuvchi 13 kilometrlik qismida asfaltlash ishlari boshlandi.

Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Ushbu loyiha mahallalar o‘rtasidagi transport qatnovini yaxshilash, minglab fuqarolar uchun qulaylik yaratish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun