Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ijodiy safarda

Date:

San’atga, adabiyotga oshno qalbini yaratuvchanlikka chorlaydi. Bu ikkisini o‘zida mujassam etgan soha esa teatrdir. Sahna tomoshalari, spektakllar orqali vaqtimiz mazmunli o‘tishi bilan birga, olam-olam taassurotlar olishimiz, qandaydir haqiqatlarni anglab, o‘zimiz uchun kerakli xulosani chiqarishimiz mumkin. Spektakllar namoyishi, ayniqsa, bolajonlar, maktab yoshidagi o‘quvchi-yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy olamida, dunyoqarashida o‘ziga xos burilish yasay oladi.
Mana shunday foydali jihatlarni inobatga olgan viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi tumanlar bo‘ylab safarga chiqdi va yosh tomoshabinlar uchun repertuarlaridagi eng yaxshi spektakllarini namoyish etishni maqsad qilishdi. Ana shunday tashrif Termiz tumanidan boshlandi.
Maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari taklif etilgan teatr tomoshasida ertak qahramonlari jonlandi. Ularning boshidan kechirgan qiziqarli sarguzashtlari esa yosh tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Qizig‘i shundaki, sahna tomoshalari davomida tomoshabinlar ham ishtirok etib, qahramonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar.
Mana shunday jonli spektakllar yosh avlod ongi va qalbida Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-oqibat, do‘stlikni qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Viloyat qo‘g‘irchoq teatrining tumandagi namoyishlari davom etadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun