Chempion yurtga qaytdi

Date:

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni rivojlantirish va yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasidagi islohotlar samarasi ekanini yaqqol namoyon etmoqda. Sho‘rchi tumani vakilasi Sevinch Xurramovaning navbatdagi yutug‘i buning yana bir yorqin isbotidir.

Sho‘rchi tumanining “Zarbdor” mahallasida yashovchi iqtidorli bokschi Sevinch Xurramova Osiyo chempionatida yuqori mahorat ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioni degan sharafli unvonga sazovor bo‘ldi.

Chempionni tantanali kutib olish marosimida tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev sportchini samimiy tabriklab, uning g‘alabasi Sho‘rchi tumani va butun Surxondaryo sporti uchun ulkan faxr ekanini ta’kidladi.

Mazkur muvaffaqiyat nafaqat hudud sporti salohiyatini namoyon etadi, balki yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, yurtimiz sha’nini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishga ruhlantiradigan yorqin namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun