Bolajonlar quvonchi cheksiz

Date:

2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Inson qadri ulug‘lanar, sifatli ta’lim olishiga keng e’tibor berilar ekan, albatta, yurt taqdiri, yosh avlod kelajagi yorug‘ bo‘ladi. Ta’lim-tarbiyani esa oiladan, bog‘chadan boshlasagina, maktabda, undan keying ta’limda yuqori natijalarga erishish mumkin. Aslida yilimizga mana shunday nom berilishi negizida ham ayni shu ma’no ko‘zlangan.

Sho‘rchi tumani “Sovjironbobo” mahallasi hududida 2019-yilda “Obod qishloq” davlat dasturi asosida qurilishi boshlangan 25-maktabgacha taʼlim tashkiloti tuman prokurorining tashabbusi va nazorati bilan 2023-yilda qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bu esa mahalla ahlining, ota-onalar va bolajonlarning cheksiz quvonchiga sabab bo‘ldi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Muassasa ma’muriyati ham shijoat ila o‘z ishlarini allaqachon boshlab yuborishgan.

Ishonamiz, yaqin kelajakda ushbu dargohda ta’lim-tarbiya olgan o‘g‘il-qizlar yurt koriga kamarbasta fidoyi insonlar bo‘lib yetishadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...
KunTun
KunTun