Ibratga arzigulik umr yo‘li

Date:

Talaba-yoshlar va vohaning ilm ahli Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi mudiri professor Chori Normurodovni yaxshi tanishadi. Yaxshi gaplar, iliq fikrlar ila tilga olib, hurmatlashadi. Ustoz yangi yilda 70 yoshni qarshi oldilar. Ularning ilmiy-pedagogik faoliyatiga esa 45 yil to‘layotir. Bu muddat ustoz uchun o‘rganish, o‘rgatish, izlanish, mehnat-u mashaqqat yili bo‘ldi. O‘tgan umridan achinmaydigan, hayotini ilm-fanga, yoshlar tarbiyasiga bahshida etganidan shod Chori Normurodovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda TerDU rektori, professor Avazjon Maraximov o‘zining samimiy tabrik so‘zlari bilan uchrashuvni ochib berdi, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar, mamlakatimizning taniqli olimlari, universitet professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari hamda ustozning yaqinlari va shogirdlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan borki, ustozning ilmiy faoliyati, ilm yo‘lida qo‘shib kelayotgan ulkan hissasi haqida e’tirof etishdi. Umr yo‘llariga mustahkam sog‘lik, oilasiga tinchlik, faoliyatiga esa ulkan zafarlar tilashdi.

Olimning ijodi nihoyatda serqirra. Uni faqat o‘qish va o‘rganish lozim. Mana shunday baxtdan bahramand bo‘lgan yoshlar tomonidan aytilgan iliq fikrlar kecha sababchisi ko‘nglini tog‘dek ko‘targan bo‘lsa, ajab emas.
Talabalarning sevimli ustoziga aylangan Chori Normurodov 1992-yildan buyon Termiz davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu kungacha Ch.Normurodov hisoblash matematikasi, sonli usullar, matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturlashga oid 250 dan ortiq ilmiy-ommabop ishlarga mualliflik qilgan bo‘lsa, 45 dan ziyod darslik, monografiya, avtoreferatlarga taqrizchi sifatida qatnashgan.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun