Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Date:

Yangi yil inson qadrini ulug‘lashni maqsad qilgan ezgu ishlar bilan boshlansa, yil barakali kelishi aniq. Muzrabotliklar ahillik va birdamlik ila yilni boshladilar. Shu tariqa tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, yo‘llarga asfalt yotqizish, elektr energiya tizimini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Tuman ahliga bosh bo‘lib, tashabbus ko‘rsatayotgan Muzrabot tumani hokimi v.b Abdurashid Ismailovning xizmatlari esa tahsinga sazovor. Tumandagi 37 ta mahallada masʼullar va ko‘ngillilar tomonidan yo‘l atrofidagi daraxtlarni oqlash, barg-xazon va maishiy chiqindilardan tozalash, archa hamda manzarali gul ko‘chatlari ekish, turarjoy va noturarjoy obyektlari devorlarini ranglash ishlari jadal surʼatda amalga oshirilmoqda.

Mevali, manzarali daraxtlar oqlanib, yo‘llar ravon bo‘layotir. Ko‘chalar esa fayzli. Obodonchilik ishlariga mehnati singan borki, atrofni tozaligi uchun jon kuydiradi. Atrofdagilarni ham tozalikka, ozodalika chorlaydi. Vatan obod bo‘lar ekan ko‘ngillar yorishadi va qarashlarimiz o‘zgaradi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun