Qalbi quvonchga to‘ldi

Date:

Ba’zan shunday vaqt bo‘ladiki, insonga birgina shirin so‘zning o‘zi eng qimmatli malhamdek. Qozoni qaynamayotgan yo‘qsilning holidan xabar olib, noz-ne’mat ulashsangiz, unga dunyolarni bergandek, bir, balki bir necha kunlik ro‘zg‘or o‘ylovidan qutqargandek bo‘lasiz. Muhimi, o‘z vaqtida cho‘zilgan qo‘llar ana shunday katta qiymat kasb etadi. Qilingan yaxshilik savobi esa boshqa bir mavzu…

Kunlarning sovigandan-sovigani issiq kiyimlarimizni izlashga tushamiz. Issiq kiyimi borlarning-ku, kiyimlari joniga ora kirsa, yo‘qlar, olishga imkoni yo‘qlar nima qilsin. Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A.Ismoilov ana shunday sharoitda ko‘ngliga ezgu niyatni tugib, yaxshi bir ishga bosh qo‘shdi. Angor tumanining “Sharq guli” mahallasi hududida joylashgan alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatiga ham tashrif buyurdi.

Maktab-internatida olib borilayotgan ishlar, shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan qurilgan samimiy suhbat esa maroqli o‘tdi. Mehmon qutlug‘ dargohga quruq qo‘l bilan kelmagan edi. Dildan yaqin bo‘lib qolgan bu samimiy o‘g‘il-qizlarga otalarcha g‘amxo‘rlik qilib, sovg‘a sifatida issiq kiyim-kechaklar olib kelgan edi. Kutilmagan sovg‘adan o‘quvchilarning qalbi quvonchga to‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun