Yengil atletika finali Surxondaryoda o‘tkazildi

Date:

Termiz shahri yana bir respublika sport musobaqalariga mezbonlik qildi. Erta tongdan respublikamizning 14 ta hududidan kelgan 252 nafar sportchi munosib kutib olindi. Shundan so‘ng, Surxon sport majmuasiga yo‘l olindi.
Sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida yengil atletika sport turining respublika final bosqichi bahslariga start berildi. Mahoratli va epchil yengil atletikachilar o‘zaro kuch sinashdilar. Aytish kerakki, qatnashchilar uchta (16-21, 22-26, 27-30) yosh toifasida bellashdilar. Musobaqada har bir jamoadan 3 nafardan erkaklar 400 metr masofaga, 3 nafardan ayollar 300 metr masofaga estafeta shaklida yugurish bahslarida ishtirok etishdi.

Qoraqalpog‘istonlik yoshlarning qo‘li baland kelib, 16-21 yosh toifasida qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchilikni qo‘ldan boy berishmagan bo‘lsa, 22-26 yosh toifasidagi surxondaryolik ayollar ham bo‘sh kelishmadi va g‘oliblik pillapoyasiga ko‘tarilishdi. 27-30 yosh toifasida Jizzax viloyatidan ishtirok etgan ayollar birinchi bo‘lgan bo‘lsa, ayni shu yosh foifasidagi samarqandliklar ham esda qolarli natija ila qaytadigan bo‘lishdi.
Sport musobaqasidan keyin boshlangan ajoyib konsert dasturi va ko‘rgazmali chiqishlar barchada bayram kayfiyatini uyg‘ota oldi. G‘olib va sovrindorlarga esa kubok, diplom va sovg‘alari topshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun