Ajoyib tashabbus

Date:

Kimdir “Yashil makon” umummilliy harakati sabab g‘imirlab qolgani, savob ishlarga bosh qo‘shishni boshlab yuborgani bor gap. Termiz tumanidagi 23-umummtaʼlim maktabining jonkuyar jamoasi esa “dolzarb 40 kunlik”siz ham tabiatni asrash, yashil olamni kengaytirish ishlarida faol. Buni maktab hovlisiga kirishdanoq, guvohi bo‘lgan manzarangiz so‘zlab turadi. Sababi maktabda shunday ajoyib bog‘ tashkil etilganki, soya-salqin va toza havo taratib turgan daraxtlar tomoshasidan ko‘z uza olmay qolasiz.

Shuni ham aytish kerakki, loyiha doirasida maktab ma’muriyati jonbozlik ko‘rsatib, maktab hovlisida shunday bir yashil maydon tashkil qilishganki, mazkur ko‘chatxonada jami 1,5 mingdan ortiq virgin archasi (mojvennik), 1200 tup go‘zal katalpa, 200 tup qayrag‘och, 150 tup yapon tuti, 2 mingdan ortiq geran gul qalamchalari parvarish qilinmoqda.

— Bu ko‘chatlarni maktabimiz hovlisiga ekamiz. Ortib qolganini sotamiz. Jamg‘arilgan mablag‘ maktabimiz tevarak-atrofini obod qilishga sarflanadi, – deydi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Salim Hakimov.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...

Jangovar shayligi mustahkamlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan...

Yangi loyihalar muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatining Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini...

Davlatbek kuchli uchlikda

Jizzax viloyatida kichik o‘smirlar (U-13) o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston...
KunTun
KunTun