Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi

Date:

Har yili 3-dekabr sanasi mamlakatimizda xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Mehr va oqibatli o‘zbe xalqi nafaqat ushbu sanada, balki doimiy ravishda mehr va saxovat ko‘rsatishni, yordam qo‘lini cho‘zib, munosib qo‘llab-quvvatlashni odat qilgan. BMT tashkilotiga a’zo davlat sifatida sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari, kechalar, uchrashuvlar tashkil etildi. Nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olinib, xonadonlariga borib yo‘qlandi. Albatta, yo‘qlovdan quvongan qora ko‘zlarning quvonchi, minnatdorligi qalbimizda cheksiz shukronalik hissini uyg‘otadi.

Sana munosabati bilan Surxondaryoda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri imkoniyati cheklangan kishilar eʼtibordan chetda emasliklari, ular uchun barcha qatori imkoniyat yaratilganligining dalili sifatida namoyon bo‘ldi.

Tadbir bahonasida ularga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari, protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qo‘ltiq tayoqlar topshirildi.

To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar qalblarga xush kayfiyat ulashdi.

H. Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun