NA’MATAK O‘ZIMIZDA EKILADI

Date:

Na’matak dorivor o‘simlik. Mevasi tarkibida juda ko‘p miqdorda C vitamin mavjud. P, K, B guruhi vitaminlari va flavanoidlar, organik kislotalar, qand, pektin, oshlovchi moddalar, likopin, tuzlardan kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari bor. Meva urug‘ida esa E vitamini va moylar jam.
Na’matak mevalari ko‘pincha avitaminoz kasalliklarida qo‘llaniladi. Urug‘dan olingan moyi va mevasining yumshoq qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti “karatolin” kuyganni, tropik yaralarni ekzema, teri kasalliklarini, rentgendan kuygan joylar, yarali kolit va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.

Na’matak turlarining ba’zi turlaridan vitaminli kosentlar, sharbat tayyorlanadi, C vitamini olinadi, quruq mevasidan tabletka va habdori tayyorlanadi. Askorbin kilota ko‘p kompleks dorilar tarkibiga kiradi.
Xalq tabobatida damlama va qaynatmalaridan me’da-ichak kasalliklari, bachadondan qon oqishini to‘xtatuvchi, isitma tushiruvchi, o‘t va siydik haydovchi sifatida ishlatiladi. Bu damlama bilan milk shamollashi va qon oqishida chayiladi. Demak har jihatdan kon-u foyda bo‘lgan ona tabiatning bunday ne’matini yetishtirish tibbiyot sohasida ham, sog‘ligimizni tiklashda ham xizmat qiladi. Shu maqsadda ko‘plab dorivor o‘simliklar qatorida na’matak o‘simligini ekish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Jarqo‘rg‘on tuman fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbari va xodimlari Jarqo‘rg‘on tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi Xusan Boboqulov xonadonida na’matak o‘simligini yetishtirish bo‘yicha semenar o‘tkazdilar.
O‘zimizda na’matak dorivor o‘simligi yetishtirilsa bormi, dori-darmon ishlab chiqarishda, ularning tannarxida ham sezilarli darajada o‘zgarish bo‘lishi aniq.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhimi ishtirokmi?

Sport inson hayotining mazmuniga aylansagina, u muhim ahamiyat kasb...

«O‘tkan kunlar» arab tilida

Jahon adabiyotida o‘zbek adabiyotining ham o‘z o‘rni borligini o‘zbek...

IIB xodimlariga planshetlar topshirildi

Bugungi kunda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish va mahallalarni...

Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryoda

Ayni vaqtda qoʻshni Afgʻoniston ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya...
KunTun
KunTun