“Samarqandda ikki kun”

Date:

Sayohatni ko‘ngliga tukkan chet elni orzu qilmay, avvalo jannatmakon O‘zbekistonning go‘zal go‘shalarini kezish, olam-olam taassurot olish bilan boshlagani ma’qul. Ana shundagina ichki turizm rivojiga xissa qo‘shish bilan birga boy va ko‘hna tariximiz bilan ham tanishgan bo‘lamiz. Axir, bejizga xorijlik sayyohlar dunyoning u yoki bu burchagidan O‘zbekistonning Samarqand-u Buxorosini, Xiva-yu azim Toshkentni ko‘rish uchun kelmaydi.

Qolaversa, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida aholiga ko‘plab yengillik va imtiyozlarning berilishi negizida ham ayni maqsad mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizning barcha hududlarida sayohatlar uyushtirilayotir. Boysun tumanidagi Afg‘on urushi qatnashchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat faollar ham sayohatga jalb etildi.

Ular “Samarqandda ikki kun” loyihasi doirasida Samarqandga yo‘l oldilar. Qadimiy shahardagi Imom Al-Buxoriy, Mahdumi A’zam, Abdumansur al-Motrudiy, Shohizinda, Xo‘ja Ahrori Valiy, Bibixonim maqbarasi, Registon maydoni kabi o‘ndan ortiq ziyoratgoh va qadamjolarga borish rejalashtirilgan.
Sayohatchilar rejadagi qadamjolarga borish bilan birgalikda Hazrati Xizr masjidi yonida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildilar. Qo‘llarini duoga ochib, Qur’on tilovat qildilar. Shundan so‘ng, u kishi tug‘ilib o‘sgan xonadonda bo‘ldilar.

Siyob bozorini kezdilar. Sayohatning ikkinchi kunida “Samarqand Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deya e’lon qilinishiga yana bir asos bo‘lgan yangi shahar majmuasiga sayohat qilish ham chetda qolmadi.
Samarqand har doim qadami yetgan insonni hayratda qoldiradi. O‘tmish va bugunni bog‘lovchi ko‘prikdek, qadimiy binolarning mahobati, go‘zal dizayni tomoshasidan kishi biro lam zavq oladi. Ayniqsa, Boqiy shahar deya nomlangan majmuada boysunlik hunarmandlarning Boysun hunarmandchiligi mahsulotlarini ko‘rgazma qilishlari uchun yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun