“20 turdagi kasallikka qarshi 16 turdagi kasalliklar qo‘llaniladi”

Date:

Qizamiq — tana haroratining koʻtarilishi, yuqori nafas yoʻllari, koʻz shilliq pardasi, ogʻiz boʻshligʻining yalligʻlanishi va terida qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi orqali belgi beradi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi virus hisoblanib, bemor yoʻtalganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari havoga tushadi, keyin nafas yoʻllari orqali sogʻlom bola organizmiga oʻtadi. Ayni mavsum esa qizamiq va qizilchaning eng ko‘p tarqaladigan davri.

Demak, bu katta xavf belgisi. Ota-onalardan esa xushyorlik talab etiladi. Bunday kasalliklardan saqlanishning birdan-bir yo‘li esa vaksina. Ana shundagina organizm ushbu kasalliklarga qarshi immunitet hosil qila oladi. Ushbu holat esa OAVda keng tushuntirish ishlarini olib borishni talab etadi. Buning uchun mutaxassislar va OAV vakillari hamkorlikda ish olib borishlari talab etiladi. Shu maqsadda Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash vazirligi, respublika sanitariya-epidemiologiya farovonligi va jamoat salomatligini muhofaza qilish xizmati, YUNISEF tashabbusi bilan seminar tashkil etildi. Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan jurnalist va blogerlar hamda mavzuga aloqador vakillar ishtirok etdi.

Seminar davomida qizamiq va qizilchaga qarshi emlash ishlarini ahamiyati to‘g‘risida aholini xabardor qilish, ommaviy- axborot vositalari, gazeta va internet, telegram sahifalari orqali berilayotgan xabarlarni xolis va haqqoniy yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.

—Bilasizmi, bolalarimiz vaqtli vaksina olsa, unda kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘ladi, — deydi Dilorom Tursunova. — Va natijada vaksina olgan, ammo kasal bo‘lgan bola kasallikni oson yengib o‘tadi. Eng muhimi, yurtimizda 1 kunlik chaqaloqdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 20 turdagi kasallikka qarshi 16 turdagi kasalliklar qo‘llaniladi. Bu esa farzandlarimizni sog‘-salomat rivojlanishiga xizmat qiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida...

Maktablar qishga tayyor

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi...

“Maromiylik” — isrofning oldini oladi

Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish...

Kelishuv manfaatli boʻldi

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun