YOSH KITOBXONLAR KASHF ETILDI

Date:

Kitob targ‘iboti yoshlarni kitobxonlikka, mutolaaga boshlayapti. Shunchaki o‘qish bilan esa ish bitmaydi. Mazmunni uqish, anglash, muallif nima deyayotganini tushunmoq lozim. “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi esa bu yo‘lda yoshlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazishda eng yaxshi maktab vazifasini o‘tayapti. Termiz shahrida joylashgan Yoshlar markazida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Yosh kitobxon” tanlovning 10-14 yosh toifasida viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Har bir ishtirokchi berilgan shartlar asosida bilimlarini, shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol yoshlar zukkolik ila ilg‘orlik qilishgan bo‘lsa, ba’zilarning bilim va xotirasi pand bergani ham haqiqat. Qizg‘in bahs-munozaralarga, fikrlar xilma-xilligiga boy o‘tgan tanlovda boysunlik Diyorbek Normurodov 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Muzrabot tumanidan Feruza Normamatova 2-, Termizdan Zebarniso Farmonova 3-o‘rinni egalladi.

Tanlov so‘nggida g‘oliblar Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Zafarovich tomonidan jo‘natilgan sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ishonamizki, g‘oliblar tanlovning respublika bosqichida bosh sovrin sparkavtomobili bilan qaytishadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun