Abdulla Oripov rolini surxondaryolik shoir ijro etadi

Date:

Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olish haqidagi xabarlar shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. orziqib kutilgan serial turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olinib, “Muhtasham yuz yil”ning “kopirovka”si yanglig‘ chiqqani ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgani ham haqiqat. Bu safar esa O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijod yo‘li haqida badiiy-publitsistik film suratga olinishini eshitiboq, mashhur aktyorlardan birini tasavvur qilganingiz aniq. Ammo, filmni suratga olmoqchi bo‘lgan ijodkorlar bosh qahramonni aktyorlar orasidan topa olmadi. Oddiy xalqdan izlashdi. Ijodkorlar, shoir va yozuvchilarni ham e’tibordan chetda qoldirishgani yo‘q.
“Abdulla Oripov” to‘liq metrajli badiiy-publitsistik filmining postanovkachi rejissori Muzaffar Erkinov ushbu kartinadagi bosh rolga nima sababdan professional aktyor emas, balki surxon farzandi bo‘lmish shoir Shodmonqul Salom tanlanganini tushuntirib berdi:
– Bir necha marotaba sinovlar o‘tkazdik, rosa harakat qildik aktyorlardan tanlashga, lekin, to‘g‘risini aytaman, shoir Shodmonqul Salomdan boshqa Abdulla Oripovga o‘xshaydigan odam topolmadik.
Postonovkachi rejissor adashmagan edi. Asli Abdulla Oripovning shogirdi bo‘lmish Shodmonqul Salom syomka jarayonlarining uchinchi-to‘rtinchi kunlariga borib, ijroning tabiiyligi, obrazni ich-ichidan his qilishi sabab barchani hayron qoldira boshlagan. Bunga sabab esa bitta — Shodmonqul Salom nafaqat shoir, balki Abdulla akaning yonlarida ancha yildan beri shogird bo‘lib yurgan inson. Shuning uchunmi Abdulla akaning qarashlari, gapirishlari, turishlarini o‘zida mujassam qilib, obraz yarata oldi.
Qisqa muddatlarda esa ushbu film shoir shaxsiyatini, dardini, o‘sha davr muhitini bor bo‘yicha ochib bera oladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun