Bir yilda daromad 40-45 million so‘m…

Date:

Mehnat daromad keltirsa, jismonan chiniqtiradi ham. Balki uzoq umr ko‘rish formulasining siri ham ayni mehnatdadir. Har qalay 74 yoshni qarshilagan otaxon Yo‘ldosh Jo‘rayev bir soniya vaqtini ham besamar ketkazmaydi. Tomorqasidan unumli foydalanib, mo‘l daromad olib kelmoqda. Otaxon tomorqasidagi 9 sotix yer maydoniga issiqxona qurib, bir yilda to‘rt marotaba hosil olayotganini eshitgan borki, hayrati va havasi uyg‘onayotir. Issiqxonada naq 100 tup limon hosilga kirgan. Bu esa bir yilda 40-45 million so‘m daromad degani.

Otaxonning farzandlari ham halol mehnat ila topilgan rizq bilan ulg‘aygan emasmi, bobosiga ko‘makchi. Hech biri qarab o‘tirmaydi. Yordam berib, yumushlarga qarashib ketaverishadi. Yo‘ldosh ota bu yilgi daromadidan mashina olishni reja qilgan edi. Foydani hisob-kitobini olishsa, bir mashinaga yetarli mablag‘ni jamg‘arib qo‘yishgani oila mehnatkashlarini yanada ruhlantiryapti.
Dehqon otaxon limon ko‘chatlarini o‘tkazib qo‘yib, shu bilan kifoyalangani yo‘q, limon ostidagi bo‘sh yer maydonlariga lavlagi urug‘larini qadagan. U ham foydaga.

Otaxon yashaydigan Sho‘rchi tumanidagi “Joyilma” mahallasi raisi Mo‘min Salomov ham tez-tez Yo‘ldosh otaning xonadoniga kelib, jarayonni zavq bilan kuzatadi. Ko‘plarga otaxonni ibrat va namuna qilib ko‘rsatadi.
– Bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarimiz o‘z samarasini berayotir, – deydi “Joyilma” mahallasining raisi Mo‘min Salomov. – Mahallamizdagi har ikki xonadonning birida issiqxona bor. Yilning to‘rt faslida barcha sabzavotlar muhayyo. Yer bilan tillashib, ketmon bilan oshno bo‘lgan mahalladoshlarimizning tajribasi esa mahalla ahli uchun uchun qo‘l kelmoqda.
Ha, mehnat qilsangiz, yuzingiz yorug‘, nasibangiz butun bo‘ladi. Jamiyat hayotimiz yaxshilanib, bekorchilik kabi illatlar chekinadi. Qovun qovundan rang olgani kabi ayni mehnat qilib boyiganlar eng yaxshi ibratdir.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun