Muammo va takliflar o‘rganildi

Date:

Sport sohasida yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari maqtanishga arziydi. Surxonning yigit-qizlari ana shunday alp, mard va jasur bo‘ladi aslida. Tan olish kerakki, sport bilan mashg‘ul yoshlarning-da ko‘ngliga qo‘l solmoq, ularni qiynayotgan, sport bilan mashg‘ul bo‘lishida to‘sqinlik qilayotgan muammolar bo‘lishi mumkin.

Sherobod tumanidagi “Istiqbol” mahallasida joylashgan 61-umumta’lim maktabida tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘.Shukurov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Q.Abduraxmonovlar ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi shashka musobaqalarining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan “Istiqbol” mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Va qizg‘in suhbat bahonasida yoshlarning muammo va takliflariga quloq tutildi.

Shuningdek, yosh sportchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuvdan so‘ng, sektor rahbari mahallada yangidan barpo etilayotgan Street Workout maydonchasida bo‘lib, qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun