Ko‘mak ko‘rsatildi

Date:

Kemtik ko‘ngillarga yordam ko‘rsatish yuksak insoniy fazilatlardan darak beradi. Ayniqsa, ana shunday insonlarga ayni kerakli bo‘lgan yordam, zarurati qondirilsa, eng katta savob ham shu bo‘lsa kerak. O‘z navbatida davlat fuqarolari uchun qayg‘urib, ko‘mak ko‘rsatishi bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning bosh maqsadiga aylangan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaliy ifodasidir.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ko‘makka muhtoj yetim bolalarni ro‘yxatga olish va manzilli ko‘mak ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mehr daftari” platformasi ishga tushirilgan edi. Mazkur platformaga bugungi kunda viloyatdagi 497 nafar yigit-qiz kiritilgan. Ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar mazkur jamg‘arma tomonidan 106 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga turli jihoz va vositalar hamda sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordamlar ajratilgan bo‘lsa, bus afar viloyat hokimligi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda platformaga kiritilgan 24 nafar qizning xohish-istaklari hamda ehtiyojini inobatga olgan holda tikuv dastgohlari topshirildi.
Bu bilan ular tikuvchilik sirlarini o‘rgansalar, qisqa muddatlarda aholiga xizmat ko‘rsatish orqali daromad ko‘rishlari, doimiy ishiga ega bo‘lishlari mumkin.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun