AYOLGA IMKON BERILSA…

Date:

Ayol kishi yo‘qni yo‘ndirib, bor qiladigan xilqat. Tikish-bichish, pishir-kuydir qilib ham, pir parcha yerni gullatib, mo‘l hosil olib ham oilaga naf keltiradi. Faqat ularga imkon berilsa, ishonilsa bo‘lgani. Sho‘rchi tumanining “Shaldiroq” mahallasida yashovchi Zamira Mamarajapova, kabi 26 nafar ayolning quvonchi cheksiz. Sababi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga subsidiya asosida zamonaviy duxovka berildi.

Barchaning xonadonida eng yaqin dastyoriga aylangan ushbu vositadan kimdir o‘z o‘rnida va har doim ham foydalanmas, ammo shunday ayollar borki, undan oilasi uchun shirindan-shirin pishiriqlar pishirish bilan birga, bu ishni mashg‘ulotga, daromad manbaiga aylantirishadi. Ayni shunday subsidiya asosida berilgan duxovkalarda 26 nafar xotin-qiz o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishadi. Mahalla-ko‘yning yaxshi kunlarida, tug‘ilgan kun va to‘y-hashamlarida shirinliklar buyurtma sifatida olib, dasturxonlariga tortiq etadilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun