Tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiya beriladi

Date:

Aholining ishsiz qatlamini band qilish, munosib qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida yurtimizda ko‘plab diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilayotir. Ayniqsa, aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishi muammolarni joyida hal etilishiga xizmat qilyapti.
Yengil konstruktsiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln so‘mgacha) , sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha), urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming so‘mgacha) miqdorda subsidiya ajratiladi. Xabaringiz bor, subsidiya qaytarib berish shartisiz davlat tomonidan beriladigan bir martalik mablag‘.
Ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga esa ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlar ham qoplab beriladi.
2025-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga esa 10 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng, dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun, hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun ham mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.
“Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlar uchun ham yaxshi yangilik. Endilikda ularga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming so‘mdan) kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. Shogirdlarga esa mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari (7,5 mln so‘m) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratilishi yanada qulaylik yaratadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun