Ham ma’nan, ham jismonan…

Date:

Yoshlarni oilaga tayyorlash mas’uliyatli vazifa. Kattalar esa bu vazifani to‘laqonli ado etishlari lozim. Avvalo yoshlar oila qurishga ham ma’nan, ham jismonan tayyor bo‘lishi shart. Kelin kelinlik vazifasini ado eta olmasa, oilada xotirjamlik yo‘qoladi. Siz degan tillar senga borib, o‘rtadagi oqibat ko‘tariladi. Boshqa tomondan olib qaraganda esa sog‘lom kelajakning garovi ham aynan sog‘lom, balg‘at yoshiga yetgan onalardan dunyoga keladi. Bu oltin qoida misol amal qilinishi shart bo‘lgan jihatlar. Ana shundagina oilaga yengil-yelpi qarash, ajrimlar sonining ortishi kuzatilmaydi.

Xuddi shunday xotin-qizlarni oilaga tayyorlash, erta turmushni, oilada zoʻravonlikning oldini olish, taʼlim-tarbiya, odob-axloq masalalari bo‘yicha “Sog‘lom turmush tarzini shaklantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari” mavzusida Termiz davlat universitetida uchrashuv tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati “Buvijonim maktabi” raisi R.To‘lakova hamda masalaga aloqador tashkilot va idoralarning mas’ullari ishtirok etdi va talaba-yoshlarga hayot maktabidan saboq berdilar.
So‘zga chiqqanlar universitetdagi talaba-qizlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, oilaga tayyorlash, kasb-hunarga oʻrgatish, kitobxonlik, kiyinish va muomala madaniyatini, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini rivojlantirishning ahamiyati haqida keng tushunchalar berdilar.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun