Munosib kutib olindi

Date:

Boysunning alp o‘g‘loni Muzaffarbek To‘raboyevning dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgani haqidagi xabar ovozasi bir zumda tarqalib, voha ahlini quvontirdi. O‘z navbatida chempionni kutib olish marosimiga hozirlik boshlab yuborildi.

Katta tantanalar bilan qarshi olingan chempionning hayajonini sezish qiyinmas. To‘yga munosib to‘yona bilan kelgan Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolov esa qorabayir zotli ot hamda qimmatbaho sovg‘alarni o‘z egasiga topshirib, Muzaffarbek To‘raboyevga 2024-yil Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritib, olimpiada o‘yinlari chempioni bo‘lishini tiladi.

Tan olish kerakki, Dzyudo bo‘yicha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 82 ta davlatdan tajribali va kuchli sportchilar ishtirok etdi. Raqobat va bellashuv ham shunga yarasha bo‘ldi. Ana shunday murosasiz bellashuvlarda o‘zining chinakam sport ustasi ekanini namoyish etib, Muzaffarbek To‘raboyev mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun