CHEMPION VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Date:

Jahon chempioni bilan yuzma-yuz uchrashish, suhbatlashish har qanday havaskor va umidli yoshni ruhlantiradi. Xuddi u kabi bo‘lishni, muvaffaqiyatning sirlarini bilib oladi. O‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, shu yo‘lda izlanadi, harakat qiladi. Oltinsoy tumanidagi 6-maktabda dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Jahongir Mamatrahimov bilan bo‘lgan uchrashuv maktab o‘quvchilari uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.
Jahon chempioni Jahongir ham 7 sinfga qadar ayni shu maktabda tehsil olgan. Shu dargohning o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya bergan. Bu jihatlar o‘quvchi-yoshlar uchun yanada qiziq bo‘ldi. Maktab ta’limidan keyin Termiz Olimpiya zaxiralari kollejidagi tahsil, ko‘plab musobaqalar yosh sportichini chiniqtirgan, kuchini, imkoniyatlarini to‘g‘ri sarflashga o‘rgatgan. Bugun esa u Surxon vohasining, o‘zbek xalqining g‘ururi va faxri. Yosh chempionning chempionlik yo‘lidagi harakatlari, sport olamidagi yutuq va muvaffaqiyatlari haqidagi suhbat esa barchada katta taassurot qoldirdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ko‘ngildagidek javob oldilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun