Foydalanishga topshirildi…

Date:

Yangi binoda, barcha shart-sharoit va qulayliklar muhayyo bo‘lgan joyda ishlash har qanday xodimni ruhlantirishi, zavq-shavqqa to‘lib, bor kuch va imkoniyatini safarbar etgan holda ishlashi aniq. Denov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining binosi zamonaviy tipda qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgani soha xodimlari ruhiyatiga ana shunday ta’sir qildi. Endi ulardan yuqori samaradorlikni kutish kifoya.
Tantanali tadbirda Denov tumani hokimi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, tuman mas’ullari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangilangan bino qutqaruvchilarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini oshirish va aholiga tezkor xizmat ko‘rsatishlariga zamin yaratishini ta’kidladilar.

Marosimga kelganlar yangilangan binodagi sharoitlar bilan tanishdi. Aytish kerakki, bo‘lim xodimlari uchun barcha shart-sharoitlar, jumladan, sport zal, yotoqxona, oshxona, sinfxona, yuvinish xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi hamda sport maydonchalari mujassam. Xullas ishlayman degan uchun barcha qulayliklar muhayyo ekani tomoshaga kelganlarni quvontirdi. Ular orasida ba’zilar farzand va nabiralarini ham ayni shu dargohda mehnat qilishini niyat qilishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun