5 YILGA UZAYTIRILADI…

Date:

Tadbirkorlar uchun ajratiladigan kredit mablag‘larini qaytarish shartlariga ba’zi o‘zgarishlar kiritilishi lozimligini shart-sharoit va faoliyatning o‘zi taqozo etadi. Ba’zi tadbirkorlik faoliyatida tikilgan mablag‘ sarflangach, foydaga kirish, mahsuldorlikka erishish birmuncha vaqt talab etadi. Kreditning foiz va asosiy qarz to‘lovlari esa kutib turmaydi. Har oyning ma’lum sanasida to‘lov qilinishini eslatib turaveradi. Ana shunday holatlarning oldini olish, tadbirkor va fermerlarga qulaylik yaratish maqsadida bu holatga ham munosib yechim topildi. Sho‘rchi tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tuman loyiha ofisi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatida ayni masalaga to‘xtalib o‘tildi va issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish haqida so‘z yuritildi.

Issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi. Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi. Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladigan bo‘ldi.

Har tomonlama foydali va manfaatli bo‘lgan davra suhbati davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun