“Dolzarb 40 kunlik”: 300 dan ortiq manzarali, mevali ko‘chatlar ekildi…

Date:

Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida xalqimizning har bir a’zosi faol ishtirok etishga bel bog‘lagan. Ezgu niyat ila yerga urug‘ qadab, ko‘kka bo‘y cho‘zishini niyat qilishgan. Bir tasavvur qilaylik, ezgu tashabbus va niyatlarlarning ro‘yobi qisqa muddat ichida yurtimizni yashillikka, bog‘zorga aylantiradi.

Bunday ezgu ishlarda Termiz davlat universitetining o‘qituvchi-pedagoglari va talaba-yoshlari ham bir chetda jim qarab turgani yo‘q. Ular ham elga kelgan to‘yga munosib ishtirok etishga chog‘lanishgan.

Universitet jamoasi ham alohida faollik ko‘rsatgan holda erta tongdan universitet qoshidagi akademik litsey hududida hashar o‘tkazishdi. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, nuroniylar, oliygohning professor-o‘qituvchilari va volontyor talabalar ishtirok etdi.

Loyiha doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumida va iqlim sharoitidan kelib chiqib, 300 dan ortiq manzarali, mevali ko‘chatlarini ekish jarayonlari boshlab yuborildi. Shuningdek, ularni parvarishlash bo‘yicha ekspert-mutaxassislar maslahati va tavsiyalari asosida tadbirning barcha qatnashchilari faol ishtirok etdi.

Aytish kerakki, “Dolzarb 40 kunlik” tadbir doirasida TerDUda umumiy hisobda 3400 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini hamda terak qalamchalari ekish rejalashtirilgan.

Hilol

Oldingi sahifaIjodiy uchrashuv
Keyingi sahifaJINOYAT QILMANG…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib...

Yirik investitsiya loyihalari bilan tanishildi

Loyihalar, g‘oyalar har doim qimmtli va muhim ahamiyatga ega....

Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi

Har soha va tizimni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanadi....

Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov...
KunTun
KunTun