JINOYAT QILMANG…

Date:

Ayolni opa, singil, ona sifatida e’zozlaymiz. Ular doimo ibrat, namuna sifatida hayotimizga zeb berishi kerak. Ammo, shundaylar ham borki, bu nomning zalvorini, maqomini tushirib yuborishga xizmat qilayotgandek.

Jinoyat ko‘chasiga kirib, jamiyatda o‘zi va ayqinlarini ham izza qilayotir. Afsus, og‘riqli bo‘lsa-da, buni aytish, bunday saflarning sonini ko‘paytirmaslik, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun ham harakat qilmoq bosh maqsadimiz. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” to‘g‘risidagi Qonuniga muvofiq Sherobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ayni shu maqsadda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sohaga oid mas’ullar, tumandagi xotin-qizlar faollari hamda o‘tgan yillar mobaynida jinoyatchilik sodir etgan va jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan ayollar qatnashdi.

Yig‘ilishda mas’ullar tomonidan ayol – oilaning asosi ekani, jinoyat ko‘chasidan yurish uning hayotiga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Jinoyatga moyilligi bo‘lgan ayollarni aniqlab, ularni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushishdan saqlash va jinoyat sodir etgan ayollarga tegishli tushunchalar berib, kelgusida ularni huquqbuzarliklar sodir etishdan asrash yo‘lida mas’ullar yanada ildamlik bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini uqtirishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chivinlarga qarshi innovatsiya

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi kundalik hayotdagi muammolarni hal...

Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat...

Marraga birinchi keldi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish...

Diplom bilan tugamas ta’lim

Oliy ta’lim diplomi inson hayotining muhim poydevori bo‘lib qolmoqda....
KunTun
KunTun