“Keksalar haftaligi”ga start berildi

Date:

Yoshi ulug‘larni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir. Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yanada oshirish maqsadida har yil oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘lda dasturil amal bo‘lib xizmat qilayotir.

Bu yilgi “Keksalar haftaligi” ham katta shijoat bilan boshlandi. Qiziriq tumanidagi “Takiya” mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida haftalik doirasida tadbirlar tashkil etildi.
Erta tongdan boshlangan tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Sog‘lik uchun foyda deb besh ming qadam yurgan nuroniylar shaxmat-shashka o‘ynashga kirishdilar. Yetti o‘lchab bir kesish aqidasiga amal qilgan otaxondar aqllarini charxladilar.
Aql charxida vaqtlari maroq bilan o‘tgan bo‘lsa, keyingi manzilda haftalik sababchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Malakali shifokorlar tomonidan tekshirilib, sog‘ligidan shikoyati borlarga kerakli tavsiya va muolajalar buyurildi.
Samimiy suhbat esa bir piyola choy ustida tadbir davom etdi.
Ana shunday tadbirlar “Gulobod” mahallasida ham bo‘lib o‘tdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun