Termiz hayvonot bog‘iga joylashtirildi…

Date:

Xongul yoki Buxoro bug‘usi — juft tuyoqlilar turkumining bug‘ular oilasiga mansub bo‘lgan sut emizuvchi hayvonlarning kenja turi. O‘zbekistonning Qizil kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil ro‘yxatiga yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur maqomi bilan kiritilgan. Bug‘ular o‘simlikxo‘r hayvonlar bo‘lib, 27 turdan ortiq o‘simliklar bilan oziqlanishi qayd etilgan. Bug‘ularning asosiy yashash joyi daraxt va buta o‘simliklari zich o‘sgan daryo bo‘yidagi qalin to‘qayzorlar hisoblanadi.
Buxoro bug‘usining bo‘yi 120 santimetrga yetadi, og‘irligi 200 kilogramgacha bo‘ladi. Bug‘ular shoxining uzunligi 90-110 santimetr bo‘lib, bahorda tashlab, o‘rniga yangi shox o‘sib chiqadi. Shoxlari ikki yoshidan boshlab o‘sa boshlaydi. Urg‘ochilarida shox bo‘lmaydi.
O‘tgan asrning birinchi yarmida Buxoro bug‘ulari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va to‘qayzorlarda keng tarqalgan edi. Hozirgi kunda xongullar O‘zbekiston hududida Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo viloyatida – 45-50 bosh) va o‘rta qismidagi to‘qayzorlarda (“Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi – 224-232 bosh), “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i (40-45 bosh) va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (1645 bosh), shuningdek, Zarafshon daryosining yuqori qismida saqlanib qolgan. Bundan tashqari, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Afg‘oniston hududlarida ham uchraydi.
Ana shunday noyob jonivorlarning 4 boshi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlari davomida Termiz tumanidagi xonadonlarning birida mavjudligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu Buxoro bug‘ulari xonadonga adashib kirib qolgan. Davlat inspektorlari darhol tegishli tartibda, qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar bug‘ularni Termiz hayvonot bog‘iga vaqtincha joylashtirildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Buxoro bug‘ulari yashash areallari, ularning populyatsiyasi monitoringi olib borilmoqda. Ushbu noyob turdagi jonzotlar muhofazasini ta’minlash va yanada ko‘paytirish bo‘yicha “Quyi Amudaryo” davlat biosfera rezervatida, “Qizilqum” davlat qo‘riqxonasida, “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun