“5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘qishga qabul qilindi”

Date:

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etish tizimining yo‘lga qo‘yilgani kadrlarning oliy ma’lumot olishida katta imkoniyat bo‘ldi. Albatta, bu huquqqa ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati ham tasdiqlangan edi.

Bunda vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin. Albatta, talabgor tizimda asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi, asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan berilishi lozim.
Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.
Termiz davlat universitetida “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayoni adolatli va shaffof bo‘lishi uchun videokuzatuv asosida yozib olindi.
Mehnat faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan, yuqori natijalar ko‘rsatgan talabgorlarning bakavariat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘niklamalari suhbat jarayonida 100 ballik tizimda baholandi.
Suhbatdan 30 nafar nomzoddan 26 nafari ishtirok etdi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilindi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Haftalikka start berildi

Katta hayot ostonasida turgan yoshlar oliy ma’lumot diplomiga ega...

Kerakli yordam ko‘rsatildi

Og‘ir xastaligi tufayli sho‘rchilik Sayram Qurbanova mahalladagi ijtimoiy xodim...

Javobgarlik bor…

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish har...

Tartib tasdiqlandi

Hukumatning 07.07.2025-yilgi qarori bilan harbiy xizmatga tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari...
KunTun
KunTun