“Keksalar haftaligi” doirasida tuhfalar egalariga yetkazildi…

Date:

Keksalarni ulug‘lash, bordi-yu ular ustoz maqomida bo‘lsalar, ular holidan xabar olish, e’zozlash ham insoniylik, ham shogirdlik, farzandlik burchimizdir. Butun umrini jurnalistika sohasiga bahshida etgan inson borki, keksalik gashtini surayotib ham hayotini gazeta va jurnallar, kitoblar mutolaasisiz tasavvur qila olmaydi. O‘qiydi, u yoki bu voqealar, jarayonlar haqida bilib oladi. Yangidan-yangi taassurotlar, xulosalar oladi. Bu tahririyatimizga kunda, kunora eshik qoqib keladigan, gazetamizning yangi sonini olib, jurnalistlarning yozgan maqolalariga o‘z munosabatlarini bildirib, qaysidir ma’noda motivatsiya berib ketadigan ustoz jurnalistlarning yo‘qlovidan ham bilish qiyin emas. Demak, ular uchun eng yaxshi sovg‘a bu kitob yoki gazeta bo‘lishi aniq.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi xayrli ishga qo‘l urdi. Ular “Ustozlar va murabbiylar kuni” munosabati hamda “Keksalar haftaligi” doirasida ikki yuz nafar ustoz jurnalistni “Hurriyat” gazetasiga obuna qilindi. Ustozlar bayram bahona yo‘qlandi va ularga atalgan tuhfalar yetkazildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun