“Uch jamoa ham Surxondaryo sharafini himoya qiladi…”

Date:

“Zakovat” intelektual o‘yini insonning intellektini, iqtidorini sinovdan o‘tkazadi. Izlanuvchan, yetakchi, tashabbuskor ishtirokchi va jamoalar g‘oliblik nashidasini sura oladi. O‘yinda berilayotgan savollar o‘ylashga, mushohada qilishga chorlaydi. Bir necha yillar oldin o’yinda berilgan savollar ham qulog‘imizga chalinishi bilan darrov eslaymiz. Aslida “Zakovat”ning yutug‘i ham shunda.

Ta’limga, yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yuksak e’tiborning bir namunasi sifatida ushbu o‘yin ommalashdi. Unda siz-u biz — barcha ishtirok etishi, bilimini, aql-u zakovatini sinovdan o‘tkazishi mumkin. Shubhasiz, bu imkon, yoshlarning harakatlari, ularni katta o‘yin sari yetaklaydi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali mezbonlik qilgan o‘yinda viloyatning barcha tuman (shahar) bosqichlarida gʻolib boʻlgan eng kuchli 45 ta jamoa bilimda bahslashdi.

30 ta savol sinovidan o‘tgan jamoalarning ballar kesimida erishgan natijalaridan so‘ng, bali teng kelib qolgan jamoalarga qoʻshimcha savollar berildi. Jarayon qiziqarli, shiddatli bahslarga boy bo‘ldi. Tomoshabinlarning-da, qiziqishini oshirib, savollarga javoblar qidirildi.

Yakuniy natijalarga koʻra esa uzun tumanidagi 3-IMI 3-, Bandixon tumanidagi 2-maktab o‘quvchilari 2-, Termiz shahridagi 9-maktab o‘quvchilari bilimi ustun kelib, 1-o‘rinni gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Gʻolib jamoa aʼzolariga “Zakovat intelektual klubi” NNT tomonidan zamonaviy Smart Watch Mi Band 6 telefonlari sovgʻa qilindi.

Aytish kerakki, yuqoridagi uch jamoa ham 9-oktyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun