Insonparvarlik yordami jo‘natildi

Date:

Pokistonda sodir bo‘lgan halokatli suv toshqinlaridan minglab aholi jabrlanib, uy-joyidan ajralgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqaldi. Afsuski, suv toshqinlari tufayli 7,6 millionga yaqin kishi o‘zi istiqomat qiladigan hududdan ko‘chirildi. Ularning qariyb 600 ming nafari ijtimoiy ko‘mak beriladigan boshpanalarda yashamoqda. Eng ko‘p talafot ko‘rgan tumanlarda toshqin suvlarining chekinishi olti oygacha davom etishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va O‘zbekiston davlati Pokistondagi halokatli suv toshqinlaridan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yuklari ortilgan havo transportini Karachi shahriga jo‘natdi. Aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taqdim etgan samolyot orqali uy-joyidan mosuvo bo‘lgan kishilarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash maqsadida qariyb 15 tonna ya’ni, 84 ta qochoq uchun mo‘ljallangan ixcham turar-joy to‘plami jo‘natildi.

Insonparvarlik yuklari dastlab “Termez Cargo Centre” xalqaro transport-logistika xabi hududida tashkil etilgan BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Mintaqaviy gumanitar-logistik markaziga keltirildi va u yerdan ikkita og‘ir yuk avtomashinasiga ortilib, Termiz xalqaro aeroportidagi havo layneriga yetkazildi.
O‘zbekistonda tashkil etilgan ushbu reysdan tashqari Dubaydan 22 ta ana shunday parvoz amalga oshirgan. Insonparvarlik yordami suv toshqinidan jabrlanganlarga tarqatiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun