BUXOROLIK MURABBIYNING TASHABBUSI

Date:

Oliygohga o‘qishga kirishda buxorolik yoshlarning ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu borada buxoroliklarning o‘ziga xos tajriba maktabi, bilim berish metodikasi borligi shubhasiz. Ba’zi ota-onalar esa farzandini bir necha yil davomida tayyorgarlik ko‘rishi uchun Buxoro viloyatidagi malakali mutaxassislar o‘qitadigan repititorlik o‘quv markazlariga olib boradi.
Respublikamizda ta’lim tizimiga qaratilgan yuksak e’tibor hamda yoshlarning oliy ma’lumotli kadr sifatida shakllanishi talabi, qolaversa, malakali pedagog mutaxassislarning tajribasini ommalashtirish, ularga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida chekka-chekka hududlarga-da, qo‘shimcha ustama, rag‘bat berish tartibi yo‘lga qo‘yilib, o‘qituvchilar jalb etilganidan xabardormiz. Olis hududga kelib, o‘g‘il-qizlarga munosib ta’lim-tarbiya berishni, o‘zidagi bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishni niyat qilgan buxorolik Husen Xolmurodov Boysun tumanining 16-sonli umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fanidan saboq berib keladi.

Oliy toifali murabbiy faoliyati davomida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanib, o‘quvchilarning bilim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha turli loyihalar ishlab chiqqan. Ushbu loyihalar asosida yoshlarning fanga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlari ancha oshgan.
2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” hamda 2021-yilda “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan Husen Xolmurodov uyidan uzoqda ekanidan tashvishlanmaydi. Pedagog tayyorlagan o‘g‘il-qizlarning fikrlashi, dunyoqarashi keng. Ularning bilimi pand bermay, talaba bo‘lishganida ustozining yuzi yorug‘ bo‘ladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun