“O‘zbekning o‘lmas san’atini ko‘z-ko‘z qildi”

Date:

Turkiyaning Iznik shahrida qardosh xalqlarning milliy musiqa va raqs san’ati namoyishiga bag‘ishlangan IV Xalqaro ko‘chman o‘yinlari festivali bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, ushbu nufuzli festival xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlovchi, san’atini tarannum etib, qadriyatlarini tanituvchi kuch vazifasini o‘tadi.

O‘ziga xos bayram kayfiyati hukmron bo‘lgan festivalda qardosh xalqlarning milliy musiqa va raqs san’ati namoyish etildi. O‘z ishining ustalari mohirlik ila katta sahnada bor imkoniyatlarini ishga soldilar. Har bir millatning xalq qo‘shiqlari ajoyib, milliy liboslari bilan uyg‘unlikda bir butunlik hosil qilgan. Sehrli ohanglar va raqslarda esa o‘sha millat ruhini sezish mumkin.

San’at festivalida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan san’at ustalari qatorida sho‘rchilik baxshi, “Shuhrat” medali sohibi Baxtiyor Artikov ham ishtirok etdi. Festivalni baxshi do‘mbirasining jarangi tutib ketdi. Hamohang tarzda yangragan terma va dostonlardan parchalar esa o‘zbekning o‘lmas san’atini ko‘z-ko‘z qilgandek bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun