“Ta’lim-tarbiyasidan, saboqlaridan ta’ma kutmaydi”

Date:

Muallim — bu so‘z qulog‘imizga chalinishi bilan qo‘llarimizga qalam tutqazib yozishni o‘rgatgan, savodimizni chiqargan, kelajak taqdirimizni hal etishimizga sababchi bo‘lgan zot ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Ularga ehtirom ko‘rsatamiz, e’zozlaymiz, ardoqlaymiz.
Yolg‘izgina ular bergan ta’lim-tarbiyasidan, saboqlaridan ta’ma kutmaydi. Manfaat ko‘zlamaydi. Erishganlarimizdan biz kabi quvonib, o‘quvchi-shogirdi ekanimizdan faxrlanishadi.
Zahmatkash kasb egalarining mehnatini e’tirof etish, ulug‘lash ularning ko‘nglini to‘g‘dek ko‘taradi. Shu sababdan ham Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozga ta’zim” nomli tadbir tashkil etildi.

Kutubxona kiraverishida jam bo‘lganlar ko‘nglida ajib taassurotlar uyg‘ongan bo‘lishi tabiiy. Sababi mo‘jaz kitoblar qad rostlagan maydoncha bayramona bezatilgan. Bayram sababchilari, Termiz shahri va tumanidagi maktablarda faoliyat yurituvchi kutubxonachilar uchun tayyorlangan bayram dasturi taqdim etildi. Ustozlarni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, ajoyib bayram tabriklari barchada bayram shukuhini uyg‘ota oldi.
Tadbir bahona mehnati e’tiborga tushib, sidqidildan faoliyat yuritgan eng faol maktab kutubxonachilari taqdirlandi.

— Faoliyatim davomida ustoz va murabbiylar bilan yelkadosh ishlayotganimdan faxrlanaman, — deydi kutubxonachi Gulnoz Shabirova. — Kutubxonani nurxona deyishadi. Bizning ishimiz, vazifamiz esa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kerakli, o‘qishli adabiyotlarni tavsiya etish, to‘g‘ri yo‘naltira olish. Shukrki, doimiy ravishda kitobxonlik tanlovlarida o‘quvchilarimiz ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashyapti. Bu esa nafaqat ularni, balki bizni ham rag‘batlantiradi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun