“Buyuk kelajak” mahallasida kutubxona tashkil etildi

Date:

Kitob o‘qishga majburlab bo‘lmaydi. Mutolaa erkin va ixtiyoriy bo‘lmog‘i kerak. Ammo, ma’naviy muhit, imkon va sharoit bo‘lsa, eng yaxshi asarlar borasidagi suhbatlar, munozaralar, albatta, kitob o‘qishga qiziqmaganni ham kitob varaqlashga undashi shubhasiz.
Asosiysi, boshlash, ilk qadamni tashlash. So‘ng mutolaa sevimli jarayonga aylanadi. O‘qiyotib, asar voqealari, personajlar xayolot olamingizda jonlanadi va film tasmasidek bir-bir ko‘z-o‘ngingizdan o‘taveradi. Ana shundan keyin kitob izlab kutubxona bormasangiz, meni aytmadi demang.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayevaning ezgu tashabbusi ila Denov tumanidagi “Buyuk kelajak” mahallasida kutubxona tashkil etildi. o‘qiyman deganga ushbu kutubxonada o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir durdonalari o‘rin olgan. Barcha zaruriy shart-sharoit yaratilganki, kutubxonaning o‘zida miriqib mutolaa qilish mumkin. Bundan esa mahalla ahli shod. Sababi kitob izlab tuman markaziga yoki kitob do‘koniga emas, balki mahalla idorasiga kelib, izlagan adabiyotini olib o‘qishlari mumkin.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi vakillari va kutubxona mas’ullari ushbu kutubxona foydalanuvchilari o‘rtasida “Kitobxonlik” tanlovi o‘tkazishni reja qilishdi. Bunday ezgu tashabbuslar faqat va faqat aholining kitobxonlik madaniyatini, kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi, deyish mumkin.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun